Buyurtmachi: “Mirzacho’l -Agro Star” mas’uliyati cheklangan jamiyati
Tanlov predmeti: Mirzacho’l tumani “Gulzor” mahalla fuqarolari yig‘ini hududida joylashgan 200 gektar yer maydonida Mirzacho'l tumani Gulzor MFY da 200 gektar agroplantatsiyada 4,3 kmda agroplantatsiyani suv tortib kelish bo'yicha
1. Loyiha haqida umumiy ma’lumot
Mazkur loyiha doirasida Mirzacho‘l tumani “Gulzor” MFY hududida joylashgan 200 gektar agroplantatsiya yer maydonini sug‘orish tizimi bilan ta’minlash uchun 4.3 km masofada suv tarmog‘ini tortib kelish ishlari amalga oshiriladi. Loyiha suv quvurlari, nasos uskunalari, texnik inshootlar hamda yordamchi infratuzilmalarni o‘z ichiga oladi.
2. Qurilish (ishlar bajariladigan) manzili
Mirzacho‘l tumani, “Gulzor” mahalla fuqarolari yig‘ini.
3. Loyiha maydoni
Agroplantatsiya maydoni: 200 gektar
Suv tarmog‘i uzunligi: 4,3 km
Tanlovda qatnashuvchilarga qo‘yiladigan talablar
Tanlovda qatnashish uchun da’vogar tashkilot quyidagi talablarga javob berishi lozim:
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxs bo‘lishi;
tegishli litsenziya va ruxsatnomalarga ega bo‘lishi;
muhandislik tarmoqlari va suv xo‘jaligi obyektlarini qurish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi;
moliyaviy barqarorlikka ega bo‘lishi;
soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi.
4. Tanlov takliflarini taqdim etish tartibi
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan tashkilotlar o‘z tijorat takliflari va tegishli hujjatlarni belgilangan tartibda taqdim etishlari lozim. Batafsil ma’lumot olish uchun buyurtmachi bilan bog‘lanish so‘raladi.
+998 99 967 30 30