“Mirzacho`l – Agro Star” MChJ ochiq tanlov(tender) E'LON qiladi!
Buyurtmachi: “Mirzacho`l-Agro Star” mas'uliyati cheklangan jamiyati
Tanlov predmeti: Jizzax viloyati Mirzacho’l tumani Gulzor MFY hududidagi 200
gektar yer maydonida organik qovun-tarvuz yetishtirish bo’yicha zamonaviy
agroplantatsiyasini loyihasini qurib bitkazish ishlarini bajarish.
1 - Loyiha haqida umumiy ma'lumot - Mazkur loyiha doirasida 200 gektar yer
maydonida tomchilatib sug‘orish tizimini o‘rnatish, 2 ta suv xavzasi qurish, suv
xavzalarini to‘siq bilan o‘rash, 250 kVtlik quyosh panel o‘rnatish, ofis, muslatkich
ombori, ishlab chiqarish binolarini va omborxonalarini qurish hamda agrotexnika
ishlari uchun, urug‘, o‘g‘it, yoqilgi, plyonka sotib olish – o‘rnatish, agroplantatsia
hududinu sim to’siqlar bilan o’rash ishlarini bajarish. Qurilish-montaj ishlari
belgilangan texnik talablar va amaldagi me'yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshirilishi
lozim.
2 - Qurilish manzili Jizzax viloyati, Mirzacho’l tumani, Gulzor MFY.
3 - Qurilish maydoni 200 gektar.
4 - Loyihaning maksimal qiymati 10 667 537 452,0 (o’n milliard olti yuz oltmish etti
millon besh yuz o’ttiz etti ming to’rt yuz ellik ikki) so'm.
5 - Loyiha smetani ishlab chiqish muddati 2026 yil 16 mart sanasiga qadar.
6 - Tanlovda qatnashuvchilarga qo'yiladigan talablar.
Tanlovda qatnashish uchun da'vogar tashkilotlar quyidagi talablarga javob berishi
lozim:
• qurilish sohasida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tgan yuridik shaxs bo'lishi;
• tegishli litsenziya va ruxsatnomalarga ega bo'lishi;
• moliyaviy barqarorlikka ega bo'lishi;
• o'xshash loyihalarni qurilishi bo'yicha amaliy tajribaga ega bo'lishi;
• soliq va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha qarzdorligi mavjud bo'lmasligi.
7. Tanlov takliflarini taqdim etish tartibi
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan tashkilotlar o'z tijorat takliflari va tegishli
hujjatlarni belgilangan tartibda taqdim etish uchun buyurtmachi bilan bog'lanishlari
so'raladi. Shu bilan birgalikda, yuqorida keltirilgan hujjatlarning skanerlangan
nusxasini mirzachol.agrostar@gmail.com elektron manziliga junatish so'raladi.