“Mirzacho`l – Agro Star” MChJ ochiq tanlov(tender) E'LON qiladi!
Buyurtmachi: “Mirzacho`l-Agro Star” mas'uliyati cheklangan jamiyati
Tanlov predmeti: Paxtakor tumani Buyuk Ipak yo’li MFY, Somonyo’li ko’chasidagi
zamonaviy Agromajmuani tashkil etish bo‘yicha loyiha smetalarini ishlab chiqish.
1 - Loyiha haqida umumiy ma'lumot - Mazkur loyiha doirasida 5 gektar er maydonida
2,6 gektar issiqxona, 400 tonnalik muzlatkich ombori va yengil konstruksiyali
oshxona, hojatxona, yuvinish xonasini, ishlab chiqarish binosini, savdo do’konlarini
qurish, 1 gektar issiqxona uchun mo‘ljallangan geotermal issiqlik nasosini sotib
olish, suv isitish qozonlarini kapital ta’mirlash, issiqxonani gazlashtirish loyixa
xujjatlarini tuzish, gaz taromog‘iga ulash ishlarini loyixadagidek bajarish, sifatli va
serhosil urug’, ko’chat etishtirish uchun maxsus stakanlar, issiqxona ko’rpasi sotib
olish va o’rnatish, issiqxona tarnovini suvini membranaga yunaltirish bo’yicha
qurilish montaj ishlarini bajarish. Loyiha smeta ishlari belgilangan texnik talablar va
amaldagi me'yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
2 - Qurilish manzili Jizzax viloyati Paxtakor tumani Buyuk Ipak yo’li MFY,
Somonyo’li ko’chasi.
3 - Qurilish maydoni 5 gektar.
4 - Loyihaning maksimal qiymati 17 561 200 000,0 (o’n etti milliard besh yuz oltmish
bir million ikki yuz ming) so'm.
5 - Loyiha smetani ishlab chiqish muddati 2026-yil 17 mart sanasiga qadar.
6 - Tanlovda qatnashuvchilarga qo'yiladigan talablar.
Tanlovda qatnashish uchun da'vogar tashkilotlar quyidagi talablarga javob berishi
lozim:
• qurilish loyiha smetalari ishlab chiqish sohasida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tgan
yuridik shaxs bo'lishi;
• tegishli litsenziya va ruxsatnomalarga ega bo'lishi;
• moliyaviy barqarorlikka ega bo'lishi;
• o'xshash loyihalarni qurilishi bo'yicha amaliy tajribaga ega bo'lishi;
• soliq va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha qarzdorligi mavjud bo'lmasligi.
7. Tanlov takliflarini taqdim etish tartibi
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan tashkilotlar o'z tijorat takliflari va tegishli
hujjatlarni belgilangan tartibda taqdim etish uchun buyurtmachi bilan bog'lanishlari
so'raladi. Shu bilan birgalikda, yuqorida keltirilgan hujjatlarning skanerlangan
nusxasini mirzachol.agrostar@gmail.com elektron manziliga junatish so'raladi.